FBO — partiyani tayyorlab, platforma omboriga topshirish. FBS — tovar sotuvchida saqlanadi, buyurtma marketpleys logistikasiga beriladi. DBS — xaridorga yetkazishni sotuvchi tashkil etadi. Mos model va bizning vazifamiz hisob-kitobdan oldin aniqlanadi.
Tovar toifasi, SKU, partiya hajmi, buyurtmalar soni, model va kabinetdagi topshirish joyi. Platforma yorlig‘i majburiy raqamli markirovkadan farq qiladi. Uzum EDBS modeli alohida tekshiriladi; u Wildberries EDBS bilan bir xil emas.